Fakultet
Ko'proq ma'lumot
70111202 – Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
Mutaxassislikning maqsadi: Talabalarga zamonaviy muhandislik grafikasi metodlari, kompyuterda loyihalash (CAD) tizimlari va dizayn nazariyasining fundamental asoslarini o‘rgatish hamda ushbu sohada ilmiy-tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Kasbiy faoliyat sohalari:
-
Ta’lim: Oliy va professional ta’lim muassasalarida "Chizmachilik", "Muhandislik grafikasi", "Kompyuter grafikasi" va "Dizayn asoslari" fanlaridan dars berish.
-
Loyiha-konstruktorlik: Sanoat va qurilish korxonalarida muhandis-konstruktor hamda loyihalovchi dizayner sifatida faoliyat yuritish.
-
Ilmiy-tadqiqot: Grafik tasvirlash metodlari va dizayn nazariyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish (PhD bosqichiga tayyorgarlik).
-
IT va Raqamli texnologiyalar: 3D modellashtirish, virtual borliq (VR) va sanoat dizayni dasturlarini ishlab chiqish.