Fakultet
Ko'proq ma'lumot
70110601 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
Umumiy tavsif: Mazkur magistratura mutaxassisligi matematika fanini o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari, metodik tizimlari va ilmiy-tadqiqot asoslarini chuqur o‘rgatishga yo‘naltirilgan.
Kasbiy faoliyat sohalari:
-
Pedagogik faoliyat: Oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar, professional maktablar va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika fanidan dars berish.
-
Ilmiy-tadqiqot: Pedagogika va matematika o‘qitish metodikasi yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borish, dissertatsiya himoya qilish va fan nomzodi (PhD) darajasini olish.
-
Metodik faoliyat: Ta’lim markazlarida metodist bo‘lib ishlash, yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqish.
-
Boshqaruv: Ta’lim tizimidagi turli bo‘g‘inlarda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritish.