Hoziroq biz bilan bog'laning: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
SamDPIda korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Tadbir Korrupsiya
2026-01-13
5891

Samarqand davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan institutning 1-bosqich talaba-yoshlari uchun “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Samariddin Bobomurodov tomonidan olib borildi. Tadbir davomida joriy yilning yanvar oyidan bahorgi yakuniy nazorat imtihonlari jarayonlari boshlanganligi alohida qayd etilib, imtihonlar arafasida talaba-yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qat’iy qarshi kurashish muhimligi batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, seminar davomida halollik, adolat va shaffoflik tamoyillariga rioya etish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olishda har bir talabaning mas’uliyati muhim ekani ta’kidlandi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling