Hoziroq biz bilan bog'laning: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishda SamDPI o‘qituvchilarining hissasi e’tirof etildi!

Tadbir
2025-12-30
6371

Samarqand viloyati hokimligi tashabbusi bilan mahalliy hokimliklar xodimlarini kitobxonlikka keng jalb etish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan “Eng yaxshi kitobxon xodim” ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Mazkur tanlovni samarali va namunali tarzda tashkil etishga qo‘shgan munosib hissasi uchun Samarqand davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari — dotsentlar Saodat Yuldasheva, Feruza Buriyeva hamda o‘qituvchi Amira Shukurovalar Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyevning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling