Xalqaro hamkorlik
Xalqaro konferensiya
Asosiy bo'lim
2025-11-18
6272
Hozirda, Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova hamda Ordu universiteti rektori, professor Orhan Bash ishtirokida ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqichiga oid keng doiradagi uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.
Muzokaralar chog‘ida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bir qator strategik yo‘nalishlar yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi. Xususan, institutimizda Ordu universiteti tomonidan tashkil etilgan “Turk tili markazi” faoliyatini kengaytirish, ushbu markazda nafaqat turk tilini o‘rgatish, balki til sertifikatlarini berish bo‘yicha imtihon jarayonlarini tashkil etish masalalari kelishib olindi. Shuningdek, o‘zaro talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, kelgusi o‘quv yilidan SamDPI talabalari uchun alohida ta’lim kvotalarini ajratish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish bo‘yicha ham tomonlar o‘zaro fikr almashib, kelishuvga erishdilar.
Bundan tashqari, madaniyatlar almashinuvi doirasida qishki va yozgi maktablar tashkil etish bo‘yicha ham muzokaralar olib borilmoqda.
Talabalar almashinuvi magistratura va tayanch doktorantura bosqichlari uchun tatbiq etilishi belgilandi. Shu bilan birga, san’atshunoslik yo‘nalishi talabalari uchun ham o‘zaro almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilinmoqda.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati