Hoziroq biz bilan bog'laning: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika institutida bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Tadbir
2026-04-02
6595

Samarqand davlat pedagogika institutida “Yoshlar kuni” doirasida “Davlat xizmatiga dastlabki qadam” mavzusida bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Samarqand viloyati filiali bosh inspektori Sardor Muhammadiyev, “Elita akademik maktabi” nodavlat ta’lim muassasasi menejeri Maxmud G‘afforov, institut rahbariyati vakillari, fakultet dekanlari hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Sardor Muhammadiyev davlat xizmatiga kirish tartiblari, zarur ko‘nikmalar va yosh mutaxassislar oldida turgan ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, Maxmud G‘afforov tomonidan talabalarga mavjud ish o‘rinlari haqida ma’lumot berilib, ularni faoliyatga taklif etildi.
Tadbir ochiq muloqot va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling