Hoziroq biz bilan bog'laning: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Bugun Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.F.10.02 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir
2026-04-02
5903

Yig‘ilishni Kengash raisi, professor Shahzoda Negmatova ochib berib, kun tartibi bilan tanishtirdi hamda dissertantlarga muvaffaqiyat tiladi.
Dastlab Oʻrozov Shahobiddin Ziyadullayevichning “Amir Temurning ijtimoiy faoliyatida ratsionallik va huquqiy ong sintezi” mavzusidagi 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (huquq falsafasi) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishining himoyasi tinglandi.
Shundan so‘ng kun tartibidagi navbatdagi masala — Xamrayev Samariddin Baxrilloyevichning “O‘zbekistonda kasb etikasining falsafiy tahlili” mavzusidagi 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Etika) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishining himoyasi ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida har ikki dissertantning ilmiy ish himoyasi kengash a’zolari tomonidan ijobiy baholanib, muvaffaqiyatli deb topildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling