Hoziroq biz bilan bog'laning: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika instituti va O‘zbekiston voleybol federatsiyasi hamkorligi yangi bosqichda

Tadbir
2026-04-02
5876

Joriy yilning 9–17-aprel kunlari Samarqand shahri voleybol sport turi bo‘yicha “Samarkand CAVA” Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.
Mazkur nufuzli musobaqa arafasida O‘zbekiston Respublikasi Voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Fayziyev Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova bilan uchrashdi.
🏐 Uchrashuv davomida Jamshid Fayziyev institutda xalqaro musobaqa ishtirokchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, sportchilarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan talabalar turar joylari, umumiy ovqatlanish maskanlari hamda infratuzilma imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
Tomonlar ushbu chempionatni yuqori saviyada tashkil etish masalalarini muhokama qilib, institut jamoasining salohiyati va tayyorgarligiga yuqori baho berdilar. Shuningdek, musobaqani namunali tarzda o‘tkazishda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligi alohida ta’kidlandi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling