Hoziroq biz bilan bog'laning: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika institutida xalqaro akkreditatsiyaga tayyorgarlik muhokama qilindi

Tadbir
2026-04-02
5792

Samarqand davlat pedagogika instituti rektorining 2025-yil 20-dekabrdagi 01-06-88-ij-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda ta’lim yo‘nalishlarining maxsus va xalqaro akkreditatsiyalarga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida ishlab chiqarish yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Noryigit Musulmonov raisligida bo‘lib o‘tdi. Unda fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirok etdi.
Majlisda 2025/2026-o‘quv yilida ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishga tayyorgarlik jarayoni, amalga oshirilayotgan ishlar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga akkreditatsiya jarayonlarini samarali tashkil etish, zarur hujjatlarni tayyorlash hamda belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling