Hoziroq biz bilan bog'laning: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Bugun Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.F.10.02 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Asosiy bo'lim
2026-04-01
5881

Yig‘ilishni Kengash raisi, professor Shahzoda Negmatova ochib berib, kun tartibi bilan tanishtirdi hamda dissertantlarga muvaffaqiyat tiladi.
Dastlab Raxmankulov Farxod Raximkulovichning “Mulkdorlar qatlamida milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usining mustahkamlanishiga ma’naviy sohadagi islohotlarning ta’siri” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishining himoyasi tinglandi.
Shundan so‘ng kun tartibidagi navbatdagi masala — Xamrayev Sardorbek Sharafutdinovichning “Ekoturizm barqarorligiga erishishda ekologik ta’lim va tarbiya samaradorligini ta’minlash zarurati (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishining himoyasi ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida har ikki dissertantning ilmiy ishlarini himoya qilishi Ilmiy kengash a’zolari tomonidan ma’qullanib, ular muvaffaqiyatli deb topildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling