Hoziroq biz bilan bog'laning: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika institutida “Musiqa pedagogikasida innovatsiyalar va madaniyatlararo yondashuvlar: Yevrosiyo tajribalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro hamkorlik Xalqaro konferensiya
2026-03-28
5519

Anjumanda yurtimiz hamda xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan vakillar, soha mutaxassislari va institut professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, mazkur mavzuning dolzarbligiga alohida e’tibor qaratdilar. Ma’ruzalarda musiqa pedagogikasiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda madaniyatlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari keng yoritildi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan milliy san’at namunalari namoyish etilib, anjumanga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling