Hoziroq biz bilan bog'laning: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Ilmiy dissertatsiyalar muhokamasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Asosiy bo'lim
2026-03-28
6919

Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi kengash qoshida navbatdagi ilmiy seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Seminar raisi, professor Shahzoda Negmatova yig‘ilishni ochib, kun tartibi bilan tanishtirdi hamda dissertantlarga ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyat tiladi.
Dastlab Nabiyeva Dilfuza Temirovnaning “Innovatsion texnologiyalar vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ma’naviy faoliyatga metodik tayyorlashni takomillashtirish” mavzusidagi, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan dissertatsiya ishi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Djaxangirova Zuxra Tursunovnaning “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish (Tarbiya fani misolida)”  mavzusidagi, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi va pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan dissertatsiya ishi ham muhokama qilindi.
Muhokama yakunida har ikkala dissertatsiya ishlari keyingi bosqichga tavsiya etildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling