Hoziroq biz bilan bog'laning: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
SamDPI akademik litseyida "Rektor va yoshlar uchrashuvi" o‘tkazildi

Asosiy bo'lim Ma’naviy-marifiy tadbir
2026-03-28
5547

Bugun Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova institut huzuridagi akademik litsey o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida rektor barchani bahor ayyomi — Navro‘zi olam munosabati bilan samimiy tabriklab, o‘quvchilarga ezgu tilaklarini bildirdi. Shundan so‘ng tadbir ochiq va samimiy muloqot ruhida davom etdi.
Muloqot jarayonida davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim, professional ta’lim, shuningdek, maktabgacha va maktab ta’limi tizimlarini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor, yaratilayotgan keng imkoniyatlar va qulay shart-sharoitlar, shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil so‘z yuritildi. Ta’kidlanganidek, bugungi murakkab va tez o‘zgaruvchan global sharoitga qaramay, yurtimiz yoshlari uchun o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lida barcha zarur imkoniyatlar mavjud.
Shuningdek, uchrashuv davomida litsey o‘quvchilarining taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning fikr-mulohazalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yakunida iqtidorli va tashabbuskor o‘quvchilar rektorning faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling