Hoziroq biz bilan bog'laning: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika institutida 2026-yil 26–27-mart kunlari “Oliy ta’lim tizimini takomillashtirish: dolzarb tendensiyalar va strategiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman yuqori saviyada tashkil etildi.

Xalqaro hamkorlik Xalqaro konferensiya
2026-03-26
5721

Mazkur nufuzli anjumanda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan bir qatorda Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa qator davlatlardan tashrif buyurgan 50 nafardan ortiq yetuk olimlar, ekspertlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Anjuman doirasida oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan ilmiy asoslangan fikr-mulohazalar va amaliy takliflar ilgari surildi.
Konferensiyaning ikkinchi kuni sho‘ba yig‘ilishlari shaklida davom ettirilib, unda ishtirokchilar yo‘nalishlar kesimida mavzuga oid muammolarni atroflicha muhokama qildilar hamda istiqbolli tashabbuslarni ilgari surdilar.
Mazkur xalqaro anjuman oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va ilg‘or tajribalarni almashish borasida muhim platforma vazifasini o‘tadi.

Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling