Hoziroq biz bilan bog'laning: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Shahzoda Negmatova “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq hasharida faol ishtirok etdi

Asosiy bo'lim yashil makon
2026-03-13
5600

2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish hamda uni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq joriy yilning 13–14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamli umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida Samarqand davlat pedagogika institutida ham “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hashari tashkil etildi.
Ushbu keng ko‘lamli umumxalq hasharida Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati, SamDPI rektori, professor Shahzoda Negmatova, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar faol qatnashib, hududni obodonlashtirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Hashar davomida institut hududini tartibga keltirish, daraxt va butalarga shakl berish, ularning tagini yumshatish va oqlash, begona o‘tlardan tozalash, hududni supurish hamda yangi manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish kabi keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling