Hoziroq biz bilan bog'laning: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalarning 2025-yil davomida amalga oshirgan ilmiy-tadqiqot ishlari yakunlariga bag‘ishlangan IV an’anaviy ilmiy anjumanining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi

Asosiy bo'lim
2026-02-25
5615

Mazkur anjuman doirasida yil davomida erishilgan ilmiy natijalar, innovatsion loyihalar hamda tadqiqot faoliyatining muhim ko‘rsatkichlari sarhisob qilindi. Yalpi majlisda institut rektori, professor Shahzoda Negmatova so‘zga chiqib, konferensiya ishtirokchilarini qutladi hamda ilmiy izlanishlarning ta’lim sifati va ilm-fan rivojidagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, ma’ruzalarda institut ilmiy salohiyatini yanada oshirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash va istiqbolli tadqiqot yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling