Hoziroq biz bilan bog'laning: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:
Yangiliklar
“Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Korrupsiya
2026-02-21
5651

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda jamiyatda adolat va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i S.Bobomurodov va institut profilaktika ispektori X. Muhammadiyevalar korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning iqtisodiy va ma’naviy oqibatlari haqida atroflicha ma’lumot berdilar. 
Uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir fuqaroning mas’uliyati muhim ekanligi ta’kidlandi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan “Halollik – eng oliy qadriyat” shiori ostida fikr-mulohazalar bildirildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling